Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslarning, fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da'vo arizasi (ariza) taqdim etishi mumkin. Da'vo taqdim etgan mazkur organlar va shaxslar da'vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno.
Davlat organi va boshqa shaxsning o'zi taqdim etgan da'vo arizasidan (arizadan) voz kechishi da'vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko'rishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan da'vogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da'vo arizasidan (arizasidan) da'vogarning (arizachining) voz kechishi da'vo arizasini (arizani) ko'rmasdan qoldirishga olib keladi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
50-modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki
(50-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.