Экономический процессуальный кодекс

5-modda. Sud hujjatlari

(5-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrug'i shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. Birinchi instantsiya sudida ishni mazmunan ko'rish natijalari bo'yicha hal qiluv qarori qabul qilinadi. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko'rish natijalari bo'yicha apellyatsiya, kassatsiya, taftish instantsiyalari sudlari qaror qabul qiladi. Qonunchilik bilan sudlarning vakolatiga berilgan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rish natijalari bo'yicha qaror qabul qilinadi. Kreditorning so'zsiz talablariga doir arizani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud tomonidan sud buyrug'i chiqariladi. Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi. Sud hujjatlari axborot tizimidan foydalangan holda elektron hujjat tarzida shakllantirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.