Экономический процессуальный кодекс

334-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish

(334-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 октябрдаги ЎРҚ-1089-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.10.2025 й., 03/25/1089/0953-сон)

Sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijroga qaratish hollari mustasno. Da'voni ta'minlash bo'yicha choralar ko'rish, kelishuv bitimini tasdiqlash, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tartibda ijroga qaratish uchun ijro varaqasini berish, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish, chet davlat sudining, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ajrim darhol ijro etilishi lozim. Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, sud hujjatining ijrosi sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.