Экономический процессуальный кодекс

333-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari yuzasidan chiqariladigan ajrim

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari o'zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish to'g'risida ajrim chiqaradi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha chiqarilgan ajrimning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Sud hujjati yangi ochilgan holatlar bo'yicha bekor qilingan taqdirda, ilgari o'zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o'zi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda ko'radi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.