Экономический процессуальный кодекс

32-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi

(32-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

Sudga taalluqli ishlar tumanlararo iqtisodiy sudlar tomonidan ko'riladi, bundan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudloviga tegishli ishlar mustasno. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari: taraflardan biri O'zbekiston Respublikasi norezidenti — chet el shaxsi bo'lgan ishlarni; arbitraj muhokamasi bilan bog'liq ishlarni; chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to'g'risidagi ishlarni ko'radi. Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o'rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko'riladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni e'tiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qo'yish va uni birinchi instantsiya bo'yicha o'z ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o'tkazishga haqli. Investitsiyaviy nizolar bo'yicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar bo'yicha taraflarning xohishiga ko'ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko'riladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.