Экономический процессуальный кодекс

31¹-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra iqtisodiy suddan boshqa sudga o'tkazish

(31¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Talab sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda iqtisodiy sudga taqdim etilgan taqdirda, da'vo arizasi (ariza) taalluqliligiga ko'ra fuqarolik ishlari bo'yicha sudga yoki ma'muriy sudga ko'rib chiqish uchun o'tkaziladi. Agar da'vo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni ko'rib chiqish jarayonida aniqlansa, iqtisodiy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra fuqarolik ishlari bo'yicha sudga yoki ma'muriy sudga ko'rib chiqish uchun o'tkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish to'g'risida ajrim chiqaradi. Da'vo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra iqtisodiy suddan boshqa sudga o'tkazish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Iqtisodiy suddan taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazilgan da'vo arizasi (ariza), ish materiallari o'ziga o'tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak. O'zbekiston Respublikasida sudlar o'rtasida sudga taalluqlilik to'g'risidagi nizolarga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.