O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi chet davlat sudining hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda rad qiladi, agar:
1) hududida hal qiluv qarori qabul qilingan davlatning qonuni bo'yicha u qonuniy kuchga kirmagan bo'lsa, bundan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirmasdan ijro etilishi lozim bo'lgan hollar mustasno;
2) o'ziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan taraf ishni ko'rish vaqti va joyi haqida o'z vaqtida va tegishli tarzda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga ko'ra o'z tushuntirishlarini sudga taqdim eta olmagan bo'lsa;
3) O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga yoki qonunchiligiga muvofiq ishni ko'rish O'zbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga taalluqli bo'lsa;
4) ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan qabul qilingan, O'zbekiston Respublikasi sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa;
5) ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan chet davlat sudida ish yuritish qo'zg'atilgunga qadar qo'zg'atilgan ish O'zbekiston Respublikasining sudida ko'rilayotgan bo'lsa;
6) chet davlat sudining hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati o'tgan va ushbu muddat sud tomonidan tiklanmagan bo'lsa;
7) taraf tomonidan nizo vakolatsiz chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini tasdiqlovchi dalil taqdim qilingan bo'lsa;
8) hal qiluv qarori chet davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan bo'lsa;
9) hal qiluv qarori chet davlat sudlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog'liq O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining ishtirokchisi bo'lmagan chet davlat sudi tomonidan chiqarilgan bo'lsa;
10) chet davlat sudi hal qiluv qarorining ijro etilishi O'zbekiston Respublikasining suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonunchiligining asosiy printsiplariga zid bo'lsa.
Chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra ham rad etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
255-modda. Chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish asoslari
(255-модда биринчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.