Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ariza, agar O'zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni e'tiborga olgan holda ushbu Kodeksning qoidalari bo'yicha u iqtisodiy sudga kelib tushgan kundan e'tiboran olti oydan oshmagan muddatda sud majlisida ko'riladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ajrimi bilan ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni ko'rish uchun to'sqinlik qilmaydi.
O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ishni ko'rishda ushbu Kodeksning 255-256-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudiga taqdim etilgan, bildirilgan talablar va e'tirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yo'li bilan aniqlaydi.
O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ishni ko'rishda chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko'rib chiqishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
254-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.