Экономический процессуальный кодекс

218-modda. Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni

(218-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) ishda ishtirok etayotgan shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) hamda ularning joylashgan yeri (pochta manzili) va yashash joyi; 3) huquqbuzarlik faktini aniqlagan nazorat qiluvchi organning nomi; 4) bildirilgan talabga asos bo'lgan holatlar; 5) bildirilgan talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar; 6) yuridik shaxsning yoki fuqaroning sudga murojaat qilishga asos bo'lgan harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar; 7) arizachining talabi; 8) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar, agar bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda nazarda tutilgan bo'lsa; 9) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati. Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi arizada arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin. Qonunchilikka muvofiq huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi arizada boshqa ma'lumotlar ham ko'rsatilishi mumkin. Ushbu moddada, shuningdek ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha arizachiga qaytariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.