Экономический процессуальный кодекс

217-modda. Huquqiy ta'sir choralari

(217-модданинг биринчи қисмининг еттинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1117-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2026 й., 03/26/1117/0116-сон)

Huquqiy ta'sir choralari quyidagilardan iborat: faoliyatni tugatish; atrof tabiiy muhitga zararli ta'sir ko'rsatayotgan ob'yektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish; faoliyatni cheklash, to'xtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog'lig'i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog'liq holda faoliyatni o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga cheklash, to'xtatib turish hollari mustasno; banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno; moliyaviy sanktsiyalarni qo'llash, bundan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'lash muddatini o'tkazib yuborganlik uchun penyalar hisoblash, shuningdek yuridik shaxsning yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olganligi va moliyaviy sanktsiyalar summalarini ixtiyoriy ravishda to'laganligi hollari mustasno; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug'ullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o'n kundan ortiq, lekin olti oydan ko'p bo'lmagan muddatga to'xtatib turish yoki xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatning) amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno. qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchi sifatida maxsus ro'yxatga olish hisobiga qo'yilganlik to'g'risidagi guvohnomaning amal qilishini o'ttiz kundan ortiq bo'lgan muddatga to'xtatib turish. Sud qonunchilikka muvofiq boshqa huquqiy ta'sir choralarini ham qo'llashi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.