Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan ish bo'yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko'ra, ushbu bobda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan ish bo'yicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo'lsa, qabul qilinganidan keyin o'n kun o'tgach qonuniy kuchga kiradi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan ish bo'yicha hal qiluv qarori sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida ushbu Kodeks V bo'limining qoidalariga binoan majburiy ijro etilishi lozim.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo'lsa, apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
203⁵-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan ish bo'yicha hal qiluv qarori
(203⁵-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.