Экономический процессуальный кодекс

203⁴-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni ko'rib chiqish xususiyatlari

(203⁴-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)

Da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo'zg'atish to'g'risida sud ajrim chiqaradi, ajrimda ish soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rilishini hamda ish ko'rib chiqiladigan sanani ko'rsatadi. Javobgar da'vo arizasi yuzasidan yozma fikrini da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo'zg'atish haqida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran o'n besh kunlik muddatda sudga o'zi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning ko'chirma nusxasi da'vogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Da'vo arizasi yuzasidan yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi. Da'vo arizasining sudga yuborilishi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar tomonidan da'vo arizasi yuzasidan yozma fikr taqdim etilmaganligi da'vo arizasini soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi. Belgilangan muddat o'tganidan keyin sudga kelib tushgan da'vo arizasi yuzasidan yozma fikr, dalillar va boshqa hujjatlar, agar ularni belgilangan muddatda taqdim etishning imkoni bo'lmaganligi taraf tomonidan asoslantirilgan va ular sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar kelib tushgan bo'lsa, qabul qilinadi. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo'zg'atish haqida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran yigirma kundan oshmagan muddatda da'vo arizasi yuzasidan yozma fikrni, dalillarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan muddat o'tganidan keyin sudya tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqish muddati uzaytirilmaydi. Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini o'tkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan ko'rib chiqadi. Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, e'tirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko'zdan kechiradi va hal qiluv qarorini qabul qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.