Экономический процессуальный кодекс

145-modda. Sud buyrug'ining mazmuni

(145-модда биринчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 25 августдаги ЎРҚ-711-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.08.2021 й., 03/21/711/0825-сон)

Sud buyrug'ida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) sudning nomi, joylashgan yeri va buyruq berilgan sana; 2) ishning raqami, sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari, talab nima haqdaligi; 3) kreditorning, qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to'lovchi identifikatsiya raqami; 4) undirilishi lozim bo'lgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida turgan ko'char mol-mulk, uning tavsifi va bahosi; 5) undirilayotgan qarz hosil bo'lgan davr; 6) neustoyka, agar u to'lanishi lozim bo'lsa va qarzdor tomonidan tan olingan bo'lsa; 7) undirilishi lozim bo'lgan davlat bojining va pochta xarajatlarining summasi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.