Sudya quyidagi hollarda sud buyrug'ini berishni rad etadi, agar:
1) qarzdor bildirilgan talabga qarshi e'tiroz taqdim qilgan bo'lsa;
2) huquq to'g'risidagi mavjud nizo taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib bo'lmaydi deb hisoblansa.
Sud buyrug'ini berishni rad etish to'g'risida ajrim chiqariladi.
Sud buyrug'ini berishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud buyrug'ini berishni rad etish o'sha talabni da'vo tartibida taqdim etish imkoniyatiga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
144-modda. Sud buyrug'i berishni rad etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.