Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan da'vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Hal qiluv qarori o'z foydasiga chiqarilgan tarafga ish bo'yicha qilingan barcha sud xarajatlarining o'rni, garchi boshqa taraf davlat bojini to'lashdan ozod etilgan bo'lsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi.
Da'vogar to'lashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj to'lashdan ozod qilinmagan bo'lsa, qanoatlantirilgan da'vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika byudjeti daromadiga undiriladi.
Agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni jo'natmaslik) oqibatida yuzaga kelgan bo'lsa, sud ishning natijasidan qat'i nazar, sud xarajatlarini shu shaxsning zimmasiga yuklatishga haqli.
Da'vogarning talablari u sudga murojaat qilganidan so'ng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Agar da'vogar tomonidan bildirilgan neustoykani undirish haqidagi talab asosli bo'lib, biroq uning miqdori qonunchilikda belgilangan huquqdan foydalanilgan holda sud tomonidan kamaytirilgan bo'lsa, sud xarajatlarining kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim bo'lgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatilishi lozim.
Davlat boji to'lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab taqdim etilgan da'vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko'zlanib da'vo taqdim etilgan shaxslardan da'vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi kelishuviga ko'ra, sud ushbu kelishuvga muvofiq hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati berish bilan bog'liq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
118-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi
(118-модданинг тўққизинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.