Экономический процессуальный кодекс

117-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni to'lash

(117-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bog'liq bo'lgan yo'lkira, xona ijarasi bo'yicha xarajatlarning o'rni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq to'lanadi. Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirig'i bo'yicha bajargan ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi. Guvohlar, tarjimonlar, mutaxassislar va ekspertlarga to'lanishi lozim bo'lgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvarag'iga oldindan o'tkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli bo'lsa, talab qilinadigan summani ular teng bo'lib o'tkazadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to'lanishi lozim bo'lgan summalar ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag'idan to'lanadi. Bu summalar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 118-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvarag'iga o'tkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli bo'lgan summalar ular o'z vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan to'lanadi. To'lanishi lozim bo'lgan summalarni to'lash tartibi va miqdori qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.