Investorlar O'zbekiston Respublikasi hududida qonuniy ravishda faoliyat ko'rsatayotgan har qanday sug'urta tashkilotida sug'urta himoyasiga bo'lgan huquqdan foydalanadi. Investitsiyalarni siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan sug'urtalash xalqaro tashkilotlar, chet el agentliklari, boshqa sug'urta kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiyalarni sug'urtalashni amalga oshiruvchi sug'urta tashkilotlari O'zbekiston Respublikasining majburiyatlari bo'yicha javobgar bo'lmaydi. Davlat sug'urta tashkilotlarining majburiyatlari bo'yicha javobgar bo'lmaydi, bundan taraflarning bitimlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Investitsiyalarni sug'urtalash siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan, shu jumladan quyidagilarni o'z ichiga oluvchi tavakkalchiliklardan sug'urta himoyasini hamda kafolatlarini ta'minlaydi:
mulkning rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinishini, shuningdek mulkni olib qo'yishga yoki uni boshqa shaxsga berishga, uning ustidan yoki undan olinadigan daromadlar ustidan nazoratning yo'qolishiga olib keladigan har qanday qonunchilik yoki ma'muriy choralarni;
chet el valyutasini mamlakatdan tashqariga o'tkazish bo'yicha cheklovlar joriy etishni;
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va ular mansabdor shaxslarining investorlar shartnomaviy munosabatlariga aralashuvini;
urushlarni, fuqarolarning tartibsizliklari va boshqa shunga o'xshash voqealarni;
investorlar va chet el investitsiyalari bilan bog'liq bo'lgan siyosiy va o'zga tavakkalchiliklarning boshqa turlarini.
lex.uz’dagi asl matn«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun
50-modda. Investitsiyalarni sug'urtalash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.