«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

5-modda. Investitsiyalarning mo'ljallangan ob'yektiga ko'ra turlari

Investitsiyalar mo'ljallangan ob'yektiga ko'ra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bo'linadi. Asosiy fondlarni yaratish va takror ko'paytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruktsiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi. Aktsiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek qimmatli qog'ozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi. Inson salohiyatini, ko'nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.