«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini tartibga solish bo'yicha vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o'z vakolatlari doirasida hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo'linmalari bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshiradi: mahalliy darajada mamlakatning tegishli hududiga investitsiya qilish hajmlarini kengaytirishni rag'batlantirishga qaratilgan investitsiya siyosatini olib borish, shu jumladan investitsiyalarni jalb qilish, hududda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, tegishli hududdagi korxonalarning rivojlanishini qo'llab-quvvatlash; investitsiya qilishni talab qiladigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek bo'sh turgan davlat mulki ob'yektlarini hamda yer uchastkalarini hududlarning ehtiyojlari va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va h.k.) kelib chiqqan holda o'rganish va aniqlash; investorlarning faoliyati bilan bevosita bog'liq masalalarni, shuningdek zarur hollarda, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilish vositasida istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish; tegishli hududdagi investitsiya loyihalarini, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini o'z vaqtida va samarali amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularni hal etish bo'yicha tezkor choralar ko'rish; chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish asosida tegishli hududning iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish; tegishli hududning chet el banklari, fondlar, agentliklar va kompaniyalar bilan investitsiyaviy hamkorlik yo'nalishlarini o'zaro manfaatli asosda rivojlantirish va diversifikatsiya qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; investitsiyalarni tegishli hududga jalb etish bo'yicha asosiy yo'nalishlarni va yanada qulay shart-sharoitlar yaratish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.