«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

26-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi

O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organidir. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat: salohiyatli investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari bo'yicha maslahat berish hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va ko'mak ko'rsatish; yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish hamda investitsiya faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; hamkorlik yo'nalishlarini va loyihalarini majburiy ravishda kelishgan holda O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va xo'jalik boshqaruvi organlarining chet el vakolatli organlari, chet el hukumat moliya tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari, shuningdek kompaniyalar va salohiyatli chet ellik investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlik masalalariga doir o'zaro aloqalarni ta'minlash; investorlar bilan doimiy ikki tomonlama aloqani ta'minlash, hududlar va mahalliy yuridik shaxslarga investitsiyalarni jalb qilishda ko'maklashish, investitsiya takliflari ishlab chiqilishini tashkil etish; O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash va xalqaro investitsiya hamjamiyatlari ishida ishtirok etish; investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya muhitini rivojlantirish va O'zbekiston Respublikasi hududidagi investitsiya faoliyatini takomillashtirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.