Закон о государственном социальном страховании (2025, больничные и декретные)

9-modda. Sug'urtalovchining huquq va majburiyatlari

Sug'urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: sug'urta hodisasi yuzaga kelganda, zaruratga qarab, sug'urta hodisasi yuzaga kelganligini tekshirish; sug'urta badallarini hisobga olish va to'lash bo'yicha hujjatlarni (yoki elektron ma'lumotlarni), shuningdek davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni amalga oshirish bilan bog'liq hujjatlarni tekshirish; sug'urtalangan shaxsni identifikatsiya qilish, sug'urta stajini va sug'urta badalining miqdorini aniqlash, sug'urta hodisasi yuzaga kelganligini tasdiqlash uchun zarur bo'lgan sug'urtalangan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlarni olish, shu jumladan boshqa davlat organlari bilan elektron axborot almashinuvi orqali olish; ushbu Qonunning 18 va 19-moddalarida belgilangan hollarda davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni to'xtatib turish, qayta tiklash va tugatish; o'z huquqlarini himoya qilish va yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi da'volar, shu jumladan sug'urtalangan shaxs tomonidan taqdim etilgan ishonchsiz yoki soxta hujjatlar (ma'lumotlar) asosida davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar tayinlanganligi munosabati bilan qilingan xarajatlarning o'rnini qoplash haqidagi da'volar bilan sudga murojaat qilish. Sug'urtalovchi: davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar uchun sug'urta badallarini jamg'arib borishi; faoliyati to'g'risidagi axborotni o'zining rasmiy veb-saytida joylashtirishi; davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarning o'z vaqtida tayinlanishini va belgilangan miqdorlarda to'lanishini ta'minlashi; sug'urta badallari va to'lovlarining hisobini yuritishi; sug'urta badallarini to'lagan shaxslarning davlat ijtimoiy sug'urtasini amalga oshirishi; sug'urta qildiruvchilarni ro'yxatdan o'tkazishni va hisobdan chiqarishni amalga oshirishi; sug'urta qildiruvchilarning va sug'urtalangan shaxslarning, jamg'arma tushumlari va xarajatlarining yagona hisobini yuritishi, shuningdek sug'urtalangan shaxslarning personallashtirilgan hisobi uchun taqdim etilgan ma'lumotlarning to'g'riligini boshqa davlat organlari bilan elektron axborot almashinuvi orqali tekshirishi; sug'urta qildiruvchilar va sug'urtalangan shaxslar uchun davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha tushuntirish ishlarini olib borishi, shu jumladan sug'urta badallarining va davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha amalga oshirilgan to'lovlarning hisobi yuzasidan shaxsga doir ma'lumotlarni, mazkur to'lovlar bo'yicha murojaat qilish va ularni tayinlash tartibi to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.