Закон о государственном социальном страховании (2025, больничные и декретные)

8-modda. Sug'urtalangan shaxslarning huquq va majburiyatlari

Sug'urtalangan shaxslar quyidagi huquqlarga ega: davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni o'z vaqtida olish; o'z huquqlarini shaxsan, o'zining vakili orqali yoki sud tartibida himoya qilish; sug'urtalovchi va sug'urta qildiruvchi to'g'risida ma'lumotlar olish; sug'urtalovchidan davlat ijtimoiy sug'urtasi masalalari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar va sug'urtalangan shaxslarga to'lanadigan davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar miqdorlari to'g'risida axborotni bepul olish. Sug'urtalangan shaxslar sug'urta hodisasidan kelib chiqqan holda, davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovni tayinlash va amalga oshirish uchun asos bo'ladigan tegishli ishonchli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjatlarni sug'urtalovchiga o'z vaqtida taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.