Закон о государственном социальном страховании (2025, больничные и декретные)

6-modda. Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha munosabatlar

Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha munosabatlar quyidagi hollarda yuzaga keladi: a) sug'urta qildiruvchilarda: ijtimoiy soliqni to'lovchilar uchun — ijtimoiy soliqni to'lash bo'yicha majburiyat yuzaga kelgan paytdan e'tiboran; davlat ijtimoiy sug'urtasi majburiy qilinishi lozim bo'lgan shaxslar uchun — daromad hisoblangan paytdan e'tiboran; davlat ijtimoiy sug'urtasi ixtiyoriy qilinishi mumkin bo'lgan shaxslar uchun — sug'urta badallari to'langan paytdan e'tiboran. Bunda, agar sug'urta qildiruvchi o'zi uchun sug'urta badalini to'lasa, u davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha sug'urtalangan shaxs sifatida munosabatlarga kirishadi. b) sug'urtalovchida — sug'urta qildiruvchi ro'yxatga olingan paytdan e'tiboran; v) sug'urtalangan shaxslarda: majburiy davlat ijtimoiy sug'urtasi bilan sug'urtalangan shaxslar uchun — daromad hisoblangan paytdan e'tiboran; ixtiyoriy davlat ijtimoiy sug'urtasi bilan sug'urtalangan shaxslar uchun — sug'urta badallari to'langan paytdan e'tiboran.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.