Fuqarolarga nisbatan davlat ijtimoiy sug'urtasining amal qilishi majburiy yoki ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Davlat ijtimoiy sug'urtasi quyidagilarga nisbatan majburiy asosda amalga oshiriladi:
mehnat faoliyatini mehnat shartnomalari asosida amalga oshiradigan fuqarolarga (bundan dehqon xo'jaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etiladigan boshqa shaxslar mustasno), yuridik shaxslarning rahbarlari sifatida faoliyatni amalga oshiradigan fuqarolarga;
yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida xizmatlar ko'rsatish, ishlarni bajarish yoki intellektual mulk ob'yektlarini yaratish bo'yicha ishlarni bajaradigan fuqarolarga.
Davlat ijtimoiy sug'urtasi quyidagilarga nisbatan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi:
o'zini o'zi band qilgan shaxslarga;
dehqon xo'jaligining a'zolariga va dehqon xo'jaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etiladigan boshqa shaxslarga;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo'lgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qo'ylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xo'jaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g'ozlar, o'rdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog'dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug'ullanadigan shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a'zolari bo'lgan fuqarolarga (ularga tegishli bo'lgan tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat'i nazar);
O'zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
chet elda yollanib ishlaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi hamda O'zbekiston Respublikasi hududida daromad keltiradigan faoliyatni amalga oshiradigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga;
ishlamaydigan fuqarolarga, ular uchun sug'urta badali eri (xotini) tomonidan to'langanda;
yuridik shaxslarning muassislari (ishtirokchilari) sifatida daromadlar oladigan fuqarolarga;
yakka tartibdagi tadbirkorlarga, shu jumladan «Hunarmand» uyushmasining a'zolari bo'lgan hunarmandchilik faoliyati sub'yektlariga;
faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiradigan oila a'zolariga;
dehqon xo'jaligining boshlig'iga;
qonunchilikka muvofiq soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oladigan fuqarolarga.
Majburiy yoki ixtiyoriy asosda davlat ijtimoiy sug'urtasi bilan sug'urtalangan shaxslar teng huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi.
Harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibidan bo'lgan shaxslarning, sudyalarning va prokuratura organlarining martaba darajalariga (harbiy unvonlarga) ega bo'lgan xodimlarining ijtimoiy sug'urta ta'minoti alohida qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон о государственном социальном страховании (2025, больничные и декретные)
5-modda. Davlat ijtimoiy sug'urtasining amal qilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.