«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

78-modda. Undirilgan pul summasini taqsimlash

(78-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Davlat ijrochisi qarzdordan undirgan, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilish yo'li bilan olgan pul summasidan ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorga solingan jarimalar to'lanadi, ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari qoplanadi. Qolgan pul summasidan undiruvchining talablarini qanoatlantirish va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda ijro yig'imini qoplash uchun foydalaniladi. Undiruvchining barcha talablari qanoatlantirilgandan keyin qolgan pul summasi qarzdorga qaytariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.