«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

77¹-modda. Ijro yig'imi

(77¹-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish bo'yicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yig'imi undiriladi. Davlat ijrochisining ijro yig'imini undirish to'g'risidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilgan bo'lsa, o'sha ijro ishiga qo'shib qo'yiladi va alohida ijro ishi yuritishni qo'zg'atmasdan ijro etiladi. Ijro yig'imining miqdori va undirilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.