Davlat ijrochilarining depozit hisobvarag'ida bo'lib, ijro harakatlarini tashkil etish va amalga oshirishga sarflangan mablag'lar, shuningdek ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaxslarning mablag'lari ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hisoblanadi. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
qarzdorning mol-mulkini tashish, saqlash va realizatsiya qilishga sarflangan mablag'lar;
ijro harakatlarini amalga oshirishga belgilangan tartibda jalb etilgan tarjimonlar, mutaxassislar va boshqa shaxslarga haq to'lashga sarflangan mablag'lar;
undirilgan summalarni undiruvchiga pochta orqali o'tkazishga (jo'natishga) sarflangan mablag'lar;
qarzdorni, uning mol-mulkini yoki qarzdordan sudning qarori bo'yicha olib qo'yilgan bolani qidirishga sarflangan mablag'lar;
ijro hujjatini ijro etish jarayonida amalga oshiriladigan boshqa zarur ijro harakatlariga sarflangan mablag'lar.
Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan bo'lishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
75-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari
(75-модданинг биринчи қисми биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.