«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

74-modda. Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish

(74-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjati ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, ko'chirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi. Ko'chirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining ijro hujjatida ko'rsatilgan xonaga moneliksiz kirishini va unda yashashini ta'minlashdan iborat bo'ladi. Bunda qarzdorga majburiy ko'chirib kiritish amalga oshirilayotgani va u undiruvchining yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi. Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatining ijro etilishiga qarzdor monelik qilgan taqdirda, ijro harakatlari xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa — ichki ishlar organlari xodimlarining ko'magida amalga oshiriladi. Undiruvchining yashashiga monelik qilish keyinchalik ham davom etsa, mazkur harakatlar yana amalga oshiriladi va qonunda nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo'llaniladi. Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan ko'chirib kiritish to'g'risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Agar undiruvchining tegishli xonadan har kuni moneliksiz foydalanish imkoniyati ta'minlangan bo'lsa, ijro hujjati ijro etilgan hisoblanadi. Agar undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risida dalolatnoma tuzilganidan keyin qarzdor undiruvchining yashashiga yana monelik qilsa, ijro hujjati bo'yicha ijro ishi yuritish yangidan tiklanishi mumkin. Ijro hujjati bo'yicha qarzdor bo'lmagan shaxs undiruvchining yashashiga monelik qilsa, ijro ishi yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda ko'chirib kiritish to'g'risidagi masala sud tartibida hal qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.