«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

63-modda. Elektron onlayn-auktsionlarni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish va ularning asosiy shartlari

(63-модданинг саккизинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mol-mulkning va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish bo'yicha elektron onlayn-auktsionlar vakolatli operator tomonidan tashkil etiladi va o'tkaziladi. Vakolatli operator bilan tuzilgan shartnoma va elektron onlayn-auktsionga qo'yiladigan mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlang'ich) bahosi ko'rsatilgan buyurtmanoma elektron onlayn-auktsionni o'tkazish uchun asos bo'ladi. Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi: ijro hujjatining ko'chirma nusxasi; mol-mulkni yoki mulkiy huquqni xatlash dalolatnomasining yoki qarorining ko'chirma nusxasi; mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash to'g'risidagi hisobot yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to'g'risidagi qarori yoxud ularni baholash qiymati ko'rsatilgan sud qarorining ko'chirma nusxasi; mol-mulkning toifasidan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda nazarda tutilgan mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar. Ko'chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqini sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlarga qo'shimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi: ijara shartnomasining ko'chirma nusxasi; ijara shartnomasini ro'yxatdan o'tkazganlik to'g'risidagi guvohnomaning ko'chirma nusxasi; ijaraga beruvchining undiruvni uzoq muddatli ijara huquqiga qaratishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki agar ijara huquqi ijaraga oluvchi tomonidan auktsion shaklidagi kimoshdi savdosi natijasida olingan bo'lsa, uzoq muddatli ijara huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz o'tkazish imkonini beruvchi hujjat. Qurilishi tugallanmagan ob'yektni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlarga qo'shimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi: yer uchastkasi ajratib berish to'g'risidagi qarorning ko'chirma nusxasi; tegishli davlat organining qurilish uchun ruxsatnomasining ko'chirma nusxasi. Yer uchastkasini va yer uchastkasiga bo'lgan mulkiy huquqlarni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlarga qo'shimcha ravishda yer uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning va yer uchastkasi chizmasining ko'chirma nusxalarini ilova qiladi. Dastlabki elektron onlayn-auktsionlar narxning oshib borishi printsipi, takroriy elektron onlayn-auktsionlar esa narxning tushib borishi printsipi bo'yicha o'tkaziladi. Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish va o'tkazish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.