«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

20-modda. Ijro ishi yuritishda mutaxassislarning ishtiroki

(20-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Ijro harakatlarini amalga oshirayotganda yuzaga keladigan, maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun davlat ijrochisi o'z tashabbusiga yoki taraflarning iltimosiga binoan o'zining qarori bilan mutaxassis tayinlashi mumkin. Mutaxassis sifatida zarur bilimlarga ega shaxs tayinlanishi mumkin. Mutaxassis yozma ravishda xulosa beradi. Mutaxassisning yozma xulosasi u davlat ijrochisining qarori bilan tanishgan kundan e'tiboran o'n besh ish kuni ichida taqdim etilishi kerak. Mutaxassis davlat ijrochisining chaqiruvi bo'yicha kelishi, qo'yilgan masalalar yuzasidan xolisona xulosa berishi, o'zi bajarayotgan harakatlarni tushuntirib berishi shart. Mutaxassis ijro harakatlarini amalga oshirish bilan bog'liq bajargan ishi uchun haq olish huquqiga ega. Bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.