«Ijara to'g'risida»gi qonun

19-modda. Sotib olish shartnomasi

(19-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mol-mulkni sotib olish yuzasidan tomonlarning munosabatlari qonunchilik va shartnoma bilan tartibga solinadi. Sotib olish shartnomasida: — sotib olinayotgan mol-mulkning tarkibi va pul (qiymat) bahosi; — sotib olish shakllari va manbalari; — sotib olish tartibi va muddatlari; — sotib olishda uchinchi shaxslarning, jumladan kreditorlarning qatnashuvi; — kafolatlar va sotib olinayotgan mol-mulkning sifati; — O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo'lmagan boshqa qoidalar belgilab qo'yiladi. Sotib olish shartnomasi majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shu jumladan shartnomani bir tomonlama o'zgartirganlik va bekor qilganlik uchun tomonlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida va sotib olish shartnomasida belgilab qo'yilgan tarzda javobgar bo'ladilar. Sotib olish shartnomasini tuzish va uni bajarish chog'ida kelib chiqadigan nizolar tegishli sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.