«Ijara to'g'risida»gi qonun

18-modda. Ijaraga olingan mulkni sotib olish

(18-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-871-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.10.2023 й., 03/23/871/0797-сон)

Ijarachi ijaraga olingan mulkni ijaraga beruvchining roziligi bilan to'la yoki qisman sotib olishi mumkin, bundan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar va boshqa tabiiy resurslar mustasno. Davlat mol-mulki O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tarzda sotib olinadi. Ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish ijarachining o'z mablag'lari, shu jumladan ijara sharoitida xo'jalik faoliyatini olib borishdan kelgan daromadlar, ijarachiga qarashli mol-mulkni sotishdan tushgan pul, shuningdek kreditlar hamda amaldagi qonunchilikka zid bo'lmagan usullar bilan qo'lga kiritilgan boshqa moliyaviy mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi. Ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish uchun davlat byudjeti mablag'laridan foydalanish mumkin emas. O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ijaraga olingan mulkni sotib olish cheklanadigan yoki bunga ruxsat etilmaydigan hollar ko'zda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.