Воздушный кодекс

91-modda. Aviatsiyani g'ayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilishning chora-tadbirlari

Havo kemalari, yo'lovchilar, yuk va pochta qabul qilish, jo'natish yoki ularga xizmat ko'rsatishni amalga oshirayotgan havo kemalarining ekspluatantlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar aviatsiyani g'ayriqonuniy aralashuvidan himoya qilish chora-tadbirlarini ko'rishlari kerak. Bunday chora-tadbirlar: a) begona shaxslar va transportning aerodromlarning nazorat ostidagi tegrasiga nazoratsiz kirishlarining oldini olish; b) yo'lovchilar tomonidan qurollar, o'q-dorilar, portlovchi, zaharli, tez alangalanuvchi moddalar va havo transportida olib yurish taqiqlangan boshqa predmetlarning yashirincha havo kemasiga olib kirilishiga yo'l qo'ymaslik; v) qurol va o'q-dorilarni olib uchishda ularni havo kemalarining yo'lovchilardan ajratilgan bo'lmalarida, yuk orasida o'qsiz holda joylashtirishni ta'minlaydigan alohida choralar ko'rish; g) havo kemalari turgan joylarda ularga xizmat ko'rsatishga aloqasi yo'q shaxslarning kirib olishiga yo'l qo'ymay qo'riqlash; d) havo kemalarini maxsus tekshiruvdan o'tkazish; ye) havo kemalarini parvoz davomida ekipajning xavfsiz faoliyatini ta'minlaydigan, shuningdek samoviy hududidan beruxsat foydalanishning oldini oladigan texnikaviy vositalar bilan ta'minlash; j) havo kemalari va ob'yektlariga nisbatan g'ayriqonuniy aralashuvning oldini olish uchun maxsus ishlab chiqilgan tadbirlarni (usullarni) qo'llashdan iboratdir. Bunday chora-tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan qoidalarga muvofiq qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.