Воздушный кодекс

90-modda. Aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa)ni tekshirish bilan bog'liq ishlarni mablag' bilan ta'minlash va xarajatlarni qoplash tartibi

Aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa) ro'y bergan joyda o'tkaziladigan tekshiruv bilan bog'liq barcha ishlarni havo kemasining ekspluatanti mablag' bilan ta'minlaydi. Ilmiy tekshirish va konstruktorlik muassasalari, tashkilotlari, ta'mirlov va sanoat korxonalari amalga oshirayotgan aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa)ni tekshirish bilan bog'liq tadqiqot va sinov ishlari ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan mablag' bilan ta'minlanib, keyinchalik bu xarajatlar havo kemasining ekspluatanti tomonidan qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.