Воздушный кодекс

77-modda. Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo'ljallangan aeroportlar, aerodromlar va havo yo'llari

(77-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 18 февралдаги ЎРҚ-522-сонли Қонуни таҳририда — Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2019 й., 2-сон, 47-модда)

Havo transportida xalqaro ko'lamda tashishga mo'ljallangan, bojxona, chegara va sanitariya-karantin nazorati ta'minlanadigan aeroportlar, aerodromlar havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo'ljallangan aeroportlar, aerodromlar deb e'tirof etiladi. Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo'ljallangan aeroportlarni, aerodromlarni ochish haqidagi qaror O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Xalqaro havo yo'llarini ochish haqidagi qaror Aviatsiya ma'muriyati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo'ljallangan havo yo'llarini ochish tartibi O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to'g'risidagi nizom bilan belgilanadi. Havo kemalarining xalqaro parvozlarini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlarini (aerodromlarini) ochish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.