O'zbekiston Respublikasi samoviy hududida milliy va xorijiy havo kemalarining xalqaro parvozi vaqtida ushbu Kodeksga asoslangan havo kemalaridan foydalanish va parvozlarni bajarishni tartibga soluvchi umumiy qoidalariga amal qilinadi.
Milliy va xorijiy havo kemalarining O'zbekiston Respublikasi hududidan havoga ko'tarilishi, shuningdek ularning O'zbekiston Respublikasi hududiga uchib kirgandan keyingi qo'nishi xalqaro parvozlar uchun ochiq aerodromlarda amalga oshiriladi. Samoviy hududda xalqaro parvozlar belgilangan havo yo'llari bo'ylab bajariladi. Havo kemalari O'zbekiston Respublikasi davlat chegarasini O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to'g'risidagi nizomda belgilangan tartibda maxsus ajratilgan xalqaro havo trassalari yoki havo yo'lkalari bo'ylab kesib o'tadilar.
Quyidagi hollarda:
a) O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to'g'risidagi nizomga muvofiq tabiiy ofat, falokat, avariya, avariya vaziyati hamda odamlar hayotiga xavf tug'ilgan boshqa sharoitlarda;
b) O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda;
v) O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to'g'risidagi nizomda belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnoma olinganida yuqoridagi qoidalardan istisnoga yo'l qo'yish mumkin.
lex.uz’dagi asl matn76-modda. O'zbekiston Respublikasi samoviy hududida xalqaro parvozlarni amalga oshirish qoidalari
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Xalqaro parvozlar O'zbekiston samoviy hududida belgilangan havo yo'llari bo'ylab bajariladi. Havo kemalarining ko'tarilishi va qo'nishi faqat xalqaro aerodromlarda ruxsat etiladi. Davlat chegarasini kesib o'tishda maxsus havo trassalari ishlatiladi.
Kimga tegishli
Bu qoidalar milliy va xorijiy havo kemalarining xalqaro parvozlarida qo'llaniladi.
Amalda
Toshkent aeroportidan Germaniyaga uchayotgan samolyot belgilangan xalqaro havo yo'li bo'ylab parvoz qiladi. Agar havo kemasi texnik muammoga duch kelsa, maxsus ruxsatnoma bilan belgilangan yo'ldan chetga chiqib, yaqin aerodromga qo'nishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.