Dalillarni ta'minlash ushbu Kodeksda belgilangan dalillarni to'plash va tekshirish qoidalari bo'yicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar dalillarni ta'minlash vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi dalillarni ta'minlash haqidagi arizani ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi. Kechiktirish, shuningdek keyinchalik arizachi bilan kimning o'rtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin bo'lmagan hollarda, dalillarni ta'minlash faqat arizachining o'zini xabardor qilish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Dalillarni ta'minlash tartibida taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi, guvohlar so'roq qilinadi, ekspertiza tayinlanadi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar talab qilib olinadi yoki ko'zdan kechiriladi, joyga borib ko'zdan kechirish o'tkaziladi.
Dalillarni ta'minlash tartibida to'plangan barcha materiallar ishni ko'rib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
78-modda. Dalillarni ta'minlash tartibi
(78-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.