Fuqarolik protsessual kodeksi

77-modda. Dalillarni ta'minlash to'g'risidagi ariza

Dalillarni ta'minlash to'g'risidagi ariza dalillarni ta'minlash bilan bog'liq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak bo'lgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi. Arizada ta'minlanishi zarur bo'lgan dalillar, bu dalillar bilan tasdiqlanishi zarur bo'lgan holatlar, dalillarni ta'minlash to'g'risida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek ta'minlanadigan dalillar zarur bo'lgan yoki ular keyinchalik asqotishi mumkin bo'lgan ish ko'rsatilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.