Ishonch bildiruvchi o'z huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bo'yicha sudda ish yuritishni shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi.
Quyidagilar shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakil bo'lishi mumkin:
1) advokatlar;
2) nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan yoki yon shajara bo'yicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo'yicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a'zolarining ishlari bo'yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig'i bo'yicha;
7) ishni ko'rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yo'l qo'yilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish bo'yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug'ullanishi mumkin.
Sud da'vogarning yoki javobgarning iltimosiga ko'ra, «Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta'minlash choralarini ko'rishi shart.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e'tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to'rt soat vaqt berilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
67-modda. Shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillik
(67-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-915-сонли Қонунига асосан тўртинчи ва бешинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.02.2024 й., 03/24/915/0160-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.