Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim bo'lgan ish bo'yicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qo'riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e'lon qilingan shaxsning merosxo'ri ishtirok etishi kerak bo'lgan ish bo'yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo'lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxo'rning vakili sifatida qatnashadi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o'zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega.
O'n to'rt yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo'qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar ko'rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko'zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko'rib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko'zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
66-modda. Qonuniy vakillik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.