Fuqarolik protsessual kodeksi

51-modda. Prokurorning protsessual huquq va majburiyatlari

(51-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)

Ariza bergan prokuror da'vogarning barcha protsessual huquqlaridan foydalanadi va barcha protsessual majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi va sud xarajatlarini to'lash majburiyati mustasno. Prokuror bergan arizasidan butunlay yoki qisman voz kechish, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun o'zi arz qilgan talablar bo'yicha sudga tushuntirishlar berish, ish mazmuni yuzasidan, shuningdek ishning muhokamasi vaqtida kelib chiqqan ayrim masalalar bo'yicha o'z fikrini bayon etish, sud hujjati ustidan protest keltirish huquqiga ega. Agar da'vogar rozi bo'lmasa, prokuror o'zi arz qilgan talablarning asosini yoki predmetini o'zgartirishga, qo'shimcha talablar bildirishga, da'vo talablarining miqdorini ko'paytirishga yoxud kamaytirishga haqli emas. Prokuror tomonidan da'vogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan da'vodan da'vogarning voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, da'vo arizasini (arizani) ko'rmasdan qoldirishga olib keladi. Prokurorning boshqa shaxs manfaatlarini himoya qilish uchun taqdim etgan o'z da'vosidan (arizasidan) voz kechishi, ushbu shaxsni ishni mazmunan ko'rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.