Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bog'liq ishlarda yoki prokurorning da'vo arizasi (arizasi) asosida qo'zg'atilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizasi bilan qo'zg'atilgan ishning muhokamasida o'z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Prokuror davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Agar fuqaro sog'lig'ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko'ra sudda o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlariga da'vo arizasini (arizani) — Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o'rinbosarlari taqdim etadi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolik ishlari bo'yicha sudlariga da'vo arizasini (arizani) taqdim etishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
50-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
(50-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонунига асосан биринчи ва иккинчи қисмлар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.