Ijro ishini yuritish uni to'xtatib qo'yish uchun asos bo'lgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilganidan keyin, ushbu ishni to'xtatib qo'ygan sud tomonidan undiruvchining, davlat ijrochisining arizasiga ko'ra tiklanadi.
Ijro ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ariza kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda, taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini o'tkazmagan holda sud tomonidan ko'riladi.
Ijro ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi arizani ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqarilib, uning ko'chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.
Sudning ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish to'g'risidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
456-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.