Sud davlat ijrochisi sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qo'zg'atgan ijro ishini yuritishni qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasi bo'yicha to'xtatib turishi yoxud tugatishi mumkin.
Sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qo'zg'atilgan ijro ishini yuritishni to'xtatib turish va tugatish shu sud tomonidan yoki davlat ijrochisi joylashgan yerdagi sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ijro ishini yuritishni to'xtatib turish yoki tugatish to'g'risidagi ariza kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasi o'tkazmagan holda sud tomonidan ko'riladi.
Ijro ishini to'xtatib turish yoki tugatish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari yuzasidan ajrim chiqarilib, uning ko'chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ajrim ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
455-modda. Ijro ishini yuritishni to'xtatib turish va tugatish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.