Sudning hal qiluv qarori majburiy tartibda ijro etish uchun, agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo'lsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan e'tiboran uch yil ichida taqdim etilishi mumkin.
Davriy to'lovlarni undirish uchun berilgan ijro varaqalari bu to'lovlar undiriladigan butun davr ichida ijroga taqdim etilishi mumkin. Ijro varaqasi ijroga taqdim etilguniga qadar o'tgan vaqt uchun davriy to'lovlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida undiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarning o'tishi har bir to'lov muddati tugagan kundan e'tiboran boshlanadi.
Agar sud tomonidan ijro varaqasi berilguniga qadar sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki bo'lib-bo'lib ijro etilishiga yo'l qo'yilgan bo'lsa, unda ijro varaqasini taqdim etish muddati qaysi vaqtdan boshlanishi ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matnГражданский процессуальный кодекс
451-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Ijro varaqasi — sudning qarorini majburiy ravishda bajarish uchun beruvchi hujjat. Uni sudga taqdim etish uchun muayyan vaqt belgilangan. Agar qonunda boshqa aytilmagan bo'lsa, qaror qonuniy kuchga kirganidan keyin uch yil ichida ijro varaqasini taqdim etish mumkin. Davriy to'lovlar uchun ijro varaqasi butun to'lov davri davomida taqdim etilishi mumkin.
Kimga tegishli
Bu qoida sud qarorlarini bajarish kerak bo'lgan shaxslar va ijro organlari uchun amal qiladi.
Amalda
Agar shaxs 2023-yilda sud qarorini olgan bo'lsa, u ijro varaqasini 2026-yilgacha taqdim etishi mumkin. Agar har oylik to'lov undirish kerak bo'lsa, ijro varaqasi shu to'lovlar davomida ishlaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.