Fuqarolik protsessual kodeksi

450-modda. Ijro varaqasining yoki sud buyrug'ining dublikatini berish

Ijro varaqasining yoki sud buyrug'ining asl nusxasi yo'qotilgan hollarda, sud hujjatini chiqargan sud undiruvchining yoxud davlat ijrochisining arizasiga ko'ra, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. Dublikat berish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko'riladi, biroq ularning kelmaganligi dublikat berish to'g'risidagi masalani hal etish uchun to'sqinlik qilmaydi. Dublikat berish to'g'risidagi ariza bunday ariza sudga kelib tushgan paytdan e'tiboran o'n kun ichida sud majlisida ko'riladi. Sudning dublikat berish to'g'risidagi masalaga doir ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko'rsatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.