Fuqarolik protsessual kodeksi

419⁵-modda. Taftish tartibida shikoyatlarni (protestlarni) ko'radigan sudlar

Quyidagilar: 1) Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati — tegishli fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan; 2) O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan; 3) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati: Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atida, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko'rilgan tegishli fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilgan; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko'rib chiqadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan keltirilgan protesti O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan ko'riladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.