Fuqarolik protsessual kodeksi

419²-modda. Birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni ko'radigan kassatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari

(4192-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kassatsiya instantsiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) ko'rib chiqib: 1) ajrimni o'zgarishsiz qoldirishga; 2) ajrimni bekor qilishga va da'vo arizani (arizani), ishni mazmunan ko'rish uchun birinchi instantsiya sudiga yuborishga; 3) ajrimni butunlay yoki qisman o'zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga; 4) ajrimni bekor qilishga va da'vo arizasini (arizani), ish materiallarini ko'rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.