Fuqarolik protsessual kodeksi

419-modda. Kassatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari

(419-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kassatsiya instantsiyasining sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari bo'yicha quyidagilarga haqli: 1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o'zgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to'liq yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga; 3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to'liq yoki qisman o'zgartirishga; 4) hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda ko'rsatilgan asoslarga ko'ra arizani ko'rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni to'liq yoki qisman tugatishga; 5) agar ish sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko'rilgan bo'lsa, hal qiluv qarorini, ajrimni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga. Ushbu Kodeks 372²-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 372⁴-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, kassatsiya instantsiyasi sudi ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'radi. Ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'rishga o'tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo'lgan harakatlar ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.