Fuqarolik protsessual kodeksi

394-modda. Da'vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning da'vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi

Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin da'vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning da'vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida apellyatsiya instantsiyasi sudiga taqdim etilishi kerak. Agar ish muhokamasi davomida da'vogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qo'yiladi. Sud da'vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin da'vogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi. Apellyatsiya instantsiyasi sudi da'vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilganida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlaganida chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi. Agar da'vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid bo'lsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga xilof bo'lsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoxud tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi va ishni apellyatsiya tartibida ko'rib chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.